Toshkentdagi Amaliy IT va
Dasturlash Kurslari — FinTechHub

IT kurslari bo`yicha O`zbekistondagi yirik laboratoriyaga xush kelibsiz!

Biz haqimizda

Faoliyat davri

5+ yil

2021-yildan beri

Faoliyat davri

O‘quvchilar soni

500+ ta

O‘quvchilar soni

Xodimlar soni

20+ ta mutaxassislar

Xodimlar soni

Kurslar soni

7 ta amaliy kurs

Kurslar soni

Startup soni

2ta

Eduon va Mysafar

Startup soni

Bizning afzalliklar

Innovatsiyaga tayangan o‘quv dasturi

O'quv dasturi muntazam yangilanib, sohadagi tezkor o‘zgarishlar va yangi texnologiyalar asosida doimiy ravishda optimallashtiriladi. Natijada, o'quvchilar har doim zamonaviy, amaliy va bozor talablariga mos bilimlarga ega bo‘ladilar.

Innovatsiyaga tayangan o‘quv dasturi

Kuchli Fintech ekotizimida yaratilgan akademiya

FinTechHub Akademiyasi Universal Bank va Unired kompaniyalari ekotizimi asosida tashkil etilgan bo‘lib, bu o‘quv jarayonining sifatini va amaliyligini oshiradi.

Strong Middle va Senior darajadagi ustozlar

Amaliy bilimga ega, real tajriba asosida dars beradigan, middle va senior darajadagi ekspertlardan darslar.

Strong Middle va Senior darajadagi ustozlar

Startup yaratish va Real Loyihalar

O'quvchilar startuplarni yaratishga qaror qilsa, ular to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi. Kuchli bilimga ega o‘quvchilar esa, loyiha mavjud bo‘lsa, FintechHub’dagi real loyihalarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

Startup yaratish va Real Loyihalar

Support ustozlar

Har bir o’quvchi bilan individual ishlash uchun darsdan tashqari qo’shimcha ustozlar.

Support ustozlar

Talabalar uchun maxsus o‘tkaziladigan uchrashuvlar

Top inflyuenserlar, biznes liderlari va ko‘p yillik tajribaga ega dasturchilar bilan maxsus uchrashuvlar

Doimiy ravishda o‘tkaziladigan qiziqarli hakatonlar va kreativ tanlovlar

Bepul maslahat olish uchun nima qilish kerak?

Ro'yxatdan o'ting

Phone

O‘qishni tugatib, nimalarga ega bo‘lasiz?

Sertifikat

Siz kursni muvaffaqiyatli yakunlagach, rasmiy sertifikat bilan taqdirlanasiz. Bu hujjat sizning professional darajangizni ko‘rsatib, karyerangizni boshlashda muhim qadam bo‘ladi.

Sertifikat

Zamonaviy va talabgir kasb egasi bo‘lish imkoniyati

Siz zamonaviy kasbni o‘rganib, uni amaliyotda qo‘llay oladigan darajaga yetasiz va ish boshlash uchun yetarli bilimga ega bo‘lasiz.

Zamonaviy va talabgir kasb egasi bo‘lish imkoniyati

Ichki IT kompaniyalarda ish imkoniyati

Akademiyamiz tarkibida faoliyat yurituvchi IT kompaniyalar mavjud bo‘lib, bu siz uchun real ish muhitiga yaqinlashish imkonini beradi. Vakansiyalar ochilganda, o‘quvchilarimiz saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qilinishlari mumkin. Eng muhimi, kompaniyalarimizda faoliyat yuritayotgan ko‘plab dasturchilar aynan akademiyamiz bitiruvchilari bo‘lib, bu sizning ham shu yo‘lni bosib o‘tishingiz mumkinligini ko‘rsatadi.

Ichki IT kompaniyalarda ish imkoniyati

O'quvchilarimiz natijalari haqida o'zlari nima deydi?

Shohjahon Choriyev - Python Backend

Shohjahon Choriyev

Python Backend
Farrux Ahrorov - Frontend

Farrux Ahrorov

Frontend
Farangiz Halilova - Flutter

Farangiz Halilova

Flutter
Akbarali Tulkinov - Python backend

Akbarali Tulkinov

Python backend
Jahongir Ashurov - Python backend

Jahongir Ashurov

Python backend
Azizbek Dalimov - Frontend

Azizbek Dalimov

Frontend
Nurmuhammad - Python backend

Nurmuhammad

Python backend
Abdurahmon Odiljonov - Frontend

Abdurahmon Odiljonov

Frontend

Siz ham IT sohasida natijaga erisha olasiz — mutaxassislar bilan gaplashib, o'zingizga mos yo'nalishni tanlang.

O'quv kurslarimiz

Mobile Flutter

12 oy

  • Flutter dasturlash kursida Android va iOS uchun zamonaviy mobil ilovalar yaratishni o‘rganing. Dart, UI dizayn va amaliy loyihalar orqali kuchli mobil dasturchi bo‘lish yo‘lini FinTechHub bilan boshlang
  • 13 yoshdan boshlab

Kiberxavfsizlik

9 oy

  • Kiberxavfsizlik kursida axborot xavfsizligi, tarmoq himoyasi va ethical hacking yo‘nalishlarini amaliy tarzda o‘rganing. Cyber Security sohasida kuchli mutaxassis bo‘lish yo‘lini FintechHub bilan boshlang.
  • 14 yoshdan boshlab

Python Backend

12 oy

  • Python Backend kursida Django, REST API, PostgreSQL va server tomon dasturlashni o‘rganing. Backend dasturchilik yo‘nalishida kuchli mutaxassis bo‘lish yo‘lini FintechHub bilan boshlang.
  • 13 yoshdan boshlab

Junior WebCoders

12 oy

  • Junior Web Coder kursida bolalar HTML, CSS, JavaScript, Tailwind CSS, Bootstrap, Git/GitHub va Figma texnologiyalarini amaliy tarzda o‘rganadilar. 7–12 yoshdagi o‘quvchilar uchun zamonaviy web dasturlashga kirish kursi.
  • 7–12 yoshdagi bolalar uchun

DevOps Engineer

7 oy

  • DevOps Engineer kursida Linux serverlari, Docker, CI/CD, Git/GitHub va bulutli infratuzilma bilan ishlashni o‘rganing. DevOps yo‘nalishida kuchli mutaxassis bo‘lish uchun kerakli bilimlarni FintechHub bilan egallang.
  • 16 yoshdan boshlab

Junior Kids

3 oy

  • 3 oylik kurs davomida Scratch, Sun’iy intellekt, Google instrumentlari va Tilda orqali dasturlash asoslarini o‘rganing. Bolalar uchun qiziqarli va zamonaviy texnologiyalar bilan ilk IT ko‘nikmalarini rivojlantiring.
  • 7 yoshdan boshlanadi

Go Backend

12 oy

  • Backend Golang kursida Go (Golang), REST API, PostgreSQL, mikroxizmatlar va backend arxitektura asoslarini o‘rganing. Yuqori unumdor server tizimlari yaratadigan backend dasturchi bo‘lish yo‘lini FintechHub bilan boshlang.
  • 16 yoshdan boshlab

Frontend

12 oy

  • Frontend dasturlash kursida web sayt va zamonaviy interfeyslar yaratishni o‘rganing. HTML, CSS, JavaScript, React va amaliy loyiha tajribasi orqali frontend dasturchi darajasiga chiqing.
  • 13 yoshdan boshlab

Ta’lim shakllari

Guruhda — Birga kod yozib, tezroq o‘rganing

Darslar 12 nafargacha o‘quvchidan iborat kichik guruhlarda olib boriladi. Bu esa ustozga har bir o‘quvchiga individual e’tibor qaratish imkonini beradi. Natijada, mavzularni chuqurroq tushunish, savollarga tezkor javob olish va samarali o‘rganish muhiti yaratiladi.

Guruhda — Birga kod yozib, tezroq o‘rganing

Individual — Sizga mos, tez va samarali o‘rganing

Darslar to‘liq sizga moslashtirilgan tarzda olib boriladi. Ustoz faqat siz bilan ishlaydi va har bir mavzuni sizning darajangiz hamda o‘rganish tezligingizga qarab tushuntiradi. Bu esa qisqa vaqt ichida maksimal natija olish va dasturlashni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.

Individual — Sizga mos, tez va samarali o‘rganing

Onlayn — Qulay va istalgan joydan samarali o‘rganing

Onlayn o‘qitish sizga istalgan joydan o‘qish imkonini beradi. Darslar jonli tarzda o‘tiladi, yozuvlari saqlab beriladi, savollarni esa bevosita ustozga berishingiz mumkin. Ishlaydiganlar va band grafikda yuruvchilar uchun juda qulay.

Onlayn — Qulay va istalgan joydan samarali o‘rganing

Savollaringiz bormi?

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — menejerlarimiz siz bilan bog‘lanib, barcha savollaringizga batafsil va tushunarli javob beradi.

Yoki o'zingiz bizga murojaat qilishingiz mumkin:

Maslahat olish uchun ma'lumot qoldiring:

Telefon raqamingiz

Tugmani bosish orqali shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlanishiga rozilik beraman

Yuklanmoqda...

Zamonaviy o‘quvplatformasi

Zamonaviy platforma orqali darslarni oson o'rganing, vazifalarni bajaring va natijalarni kuzating

Ilovani yuklab oling

Va o‘quv jarayonini yanada qulay qiling!

App Store’dan

Yuklab oling

Google Play’dan

Yuklab oling

FintechHub mobil ilovasi telefon ekranida

Eng ko'p beriladigan savollar

O‘quv jarayoni qanday tashkil etilgan?

Darslar nazariya va amaliyot asosida olib boriladi. Har bir mavzu misollar va loyihalar orqali tushuntiriladi, o‘quvchilar esa mustaqil mashqlar orqali bilimlarini mustahkamlaydi.

O‘quv markazi qayerda joylashgan?

O‘quv markazimiz Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, qulay va zamonaviy o‘quv muhiti bilan ta’minlangan.

Qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bormi?

Ha, kurs davomida nafaqat asosiy mentorlar, balki yordamchi ustozlar ham sizga doimiy yordam berib boradi. Savollaringizga javob olasiz va qiyin mavzularni o‘zlashtirishda qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘ladi.

FinTechHub nima?

FinTechHub — dasturlash va zamonaviy IT kasblarini amaliy o‘rgatishga yo‘naltirilgan ta’lim markazi. FinTechHub’da o‘quvchilar Frontend dasturlash, Python Backend, Mobile Flutter, DevOps, Kiberxavfsizlik va Kids IT kabi yo‘nalishlarda bilim olib, loyihalar orqali amaliy tajriba to‘playdi.

FinTechHub’da dasturlash kurslariga qabul ochiqmi?

Ha, FinTechHub’da dasturlash va IT kurslariga qabul ochiq. O‘quvchilar o‘z qiziqishi va maqsadiga qarab Frontend, Python Backend, Flutter, DevOps, Kiberxavfsizlik yoki Kids IT yo‘nalishlaridan birini tanlab, IT sohasidagi ilk qadamlarini boshlashlari mumkin.

FinTechHub’da qanday kurslar mavjud?

FinTechHub’da bir nechta zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar mavjud: Frontend dasturlash, Python Backend dasturlash, Mobile Flutter, DevOps Engineering, Kiberxavfsizlik, Junior WebCoders va Kids IT. Har bir kurs o‘quvchiga nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikma berishga qaratilgan.

Dasturlashni noldan boshlaganlar FinTechHub’da o‘qiy oladimi?

Ha, FinTechHub kurslari dasturlashni noldan boshlayotgan o‘quvchilar uchun ham mos. Darslar bosqichma-bosqich tushuntiriladi, o‘quvchilar oddiy tushunchalardan boshlab loyihalar yaratish darajasigacha olib chiqiladi.

FinTechHub kurslari kimlar uchun mos?

FinTechHub kurslari IT sohasiga kirishni xohlagan o‘quvchilar, talabalar, maktab o‘quvchilari, kasbini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar va zamonaviy texnologiyalarni amaliy o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mos. Kids IT va Junior yo‘nalishlari esa bolalar va o‘smirlar uchun ishlab chiqilgan.

Frontend dasturlash kursida nimalar o‘rgatiladi?

Frontend dasturlash kursida web sayt va web ilovalarning foydalanuvchi ko‘radigan qismi yaratiladi. O‘quvchilar HTML, CSS, JavaScript, React va zamonaviy frontend texnologiyalarini o‘rganib, amaliy web loyihalar yaratadi.

Python Backend kursida nimalar o‘rgatiladi?

Python Backend kursida server tomonida ishlaydigan dasturlar, API, ma’lumotlar bazasi va backend arxitekturasi o‘rgatiladi. O‘quvchilar Python yordamida web ilovalarning ichki tizimini yaratish, ma’lumotlar bilan ishlash va backend loyihalar qilishni o‘rganadi.

Mobile Flutter kursi kimlar uchun?

Mobile Flutter kursi Android va iOS uchun mobil ilova yaratishni xohlagan o‘quvchilar uchun mos. Kurs davomida Flutter texnologiyasi yordamida zamonaviy, tezkor va chiroyli mobil ilovalar ishlab chiqish o‘rgatiladi.

DevOps kursida nimalar o‘rganiladi?

DevOps kursida serverlar bilan ishlash, deployment, Docker, CI/CD, monitoring va loyihalarni ishga tushirish jarayonlari o‘rgatiladi. Bu yo‘nalish dasturchilar, backend developerlar va IT infratuzilmasi bilan ishlashni xohlaganlar uchun foydali.

Kiberxavfsizlik kursi nimani o‘rgatadi?

Kiberxavfsizlik kursida axborot xavfsizligi, tarmoq himoyasi, tizimlardagi zaifliklarni aniqlash va cyber security asoslari o‘rgatiladi. Kurs IT xavfsizligi sohasiga qiziqqan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.

Kids IT kursi kimlar uchun?

Kids IT kursi bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan. Bu kursda o‘quvchilar dasturlash asoslari, mantiqiy fikrlash, kompyuter savodxonligi va texnologik ijodkorlikni yoshiga mos tarzda o‘rganadi.

Qaysi dasturlash kursini tanlash kerak?

Agar web saytlar yaratmoqchi bo‘lsangiz, Frontend dasturlash kursi mos keladi. Server va API bilan ishlashni xohlasangiz, Python Backend yaxshi tanlov. Mobil ilova yaratmoqchi bo‘lsangiz, Flutter kursini tanlash mumkin. Server, deployment va infratuzilma bilan ishlash uchun DevOps, xavfsizlik sohasi uchun esa Kiberxavfsizlik kursi mos keladi.

FinTechHub’da darslar amaliy tarzda o‘tiladimi?

Ha, FinTechHub kurslari amaliy ta’limga asoslangan. O‘quvchilar dars davomida nazariy bilimlarni o‘rganish bilan birga topshiriqlar bajaradi, loyihalar ustida ishlaydi va portfolio uchun tayyor ishlar yaratadi.

Kurs davomida portfolio qilish mumkinmi?

Ha, FinTechHub kurslarida o‘quvchilar o‘rgangan bilimlarini amaliy loyihalar orqali mustahkamlaydi. Bu loyihalar keyinchalik portfolio sifatida ishlatilishi mumkin va o‘quvchining IT sohasidagi ko‘nikmalarini ko‘rsatishga yordam beradi.

FinTechHub’da mentorlar yordam beradimi?

Ha, FinTechHub’da darslar tajribali mentorlar tomonidan olib boriladi. Mentorlar o‘quvchilarga mavzularni tushuntiradi, amaliy topshiriqlarda yo‘l ko‘rsatadi va o‘quv jarayonida kerakli tavsiyalar beradi.

FinTechHub kurslari qancha davom etadi?

Kurs davomiyligi tanlangan yo‘nalishga qarab farq qilishi mumkin. Masalan, Frontend, Python Backend, Flutter, DevOps, Kiberxavfsizlik yoki Kids IT kurslarining davomiyligi o‘quv dasturi va modul tuzilishiga qarab belgilanadi. Aniq davomiylikni kurs sahifasidan yoki FinTechHub jamoasi bilan bog‘lanib bilib olish mumkin.

Kursni tugatgandan keyin sertifikat beriladimi?

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchilarga FinTechHub tomonidan sertifikat berilishi mumkin. Sertifikat o‘quvchining kurs davomida olgan bilim va amaliy ko‘nikmalarini tasdiqlashga yordam beradi.

FinTechHub’da IT sohasiga kirish uchun qaysi kursdan boshlash yaxshi?

IT sohasiga yangi kirayotganlar uchun Frontend dasturlash yoki Kids IT yo‘nalishlari yaxshi boshlanish bo‘lishi mumkin. Frontend web dasturlash asoslarini tezroq ko‘rishga yordam beradi, Kids IT esa bolalar va o‘smirlar uchun qulay kirish nuqtasi hisoblanadi.

FinTechHub’da web dasturlashni o‘rganish mumkinmi?

Ha, FinTechHub’da web dasturlashni o‘rganish mumkin. Frontend kursida web saytlarning tashqi ko‘rinishi va interfeysi, Python Backend kursida esa web ilovalarning server qismi o‘rgatiladi. Bu ikki yo‘nalish web dasturchi bo‘lishni xohlaganlar uchun muhim asos hisoblanadi.

FinTechHub’da mobil dasturlashni o‘rganish mumkinmi?

Ha, FinTechHub’da Mobile Flutter kursi orqali mobil dasturlashni o‘rganish mumkin. Flutter yordamida Android va iOS uchun bitta texnologiya asosida mobil ilovalar yaratish o‘rgatiladi.

FinTechHub’da kiberxavfsizlikni o‘rganish mumkinmi?

Ha, FinTechHub’da Kiberxavfsizlik kursi mavjud. Bu kurs axborot xavfsizligi, tarmoq himoyasi va cyber security yo‘nalishiga qiziqqan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.

FinTechHub kurslari ishga tayyorlaydimi?

FinTechHub kurslari o‘quvchilarga amaliy ko‘nikma berishga qaratilgan. Kurs davomida loyihalar, topshiriqlar va mentorlik yordami orqali o‘quvchi IT sohasida ishlash uchun zarur bo‘lgan asosiy bilim va tajribani shakllantiradi.

Dasturlash kurslariga yozilish uchun nima qilish kerak?

FinTechHub kurslariga yozilish uchun o‘zingizga mos yo‘nalishni tanlab, ariza qoldirishingiz yoki FinTechHub jamoasi bilan bog‘lanishingiz mumkin. Mutaxassislar sizga kurslar, davomiylik, boshlanish sanasi va o‘quv formati bo‘yicha batafsil ma’lumot beradi.