Node.js Backend dasturlash kursi Toshkentda

Node.js Backend kursida JavaScript, TypeScript, Node.js, Express.js, NestJS, REST API, PostgreSQL, MongoDB va real-time ilovalarni o'rganing. Bitta til bilan butun backend tizimni yarata oladigan zamonaviy backend dasturchi bo'lish yo'lini FintechHub bilan boshlang.

Bepul sinov darsiga yoziling:

Telefon raqamingiz

Tugmani bosish orqali shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlanishiga rozilik beraman

Kursga qabul yoshi:

14 yoshdan boshlab

Kurs davomiyligi:

12 oy

Darslar soni:

144 ta

Ta'lim formati:

Offline / Online

Node.js Backend

Node.js Backend kursi haqida

Node.js backend dasturchi kim?

JavaScript yordamida sayt va ilovalarning server qismini yaratadigan mutaxassis. Login va ro'yxatdan o'tish, ma'lumotlarni saqlash, to'lov tizimlari, chatlar, bildirishnomalar va real vaqtda ishlaydigan xizmatlar — bularning barchasini Node.js backend dasturchi yaratadi. Bitta til (JavaScript/TypeScript) bilan frontend va backendni birlashtira olgani uchun bozorda unga talab yuqori.

300+

Dars Soatlari

Node.js Backend kursi haqida umumiy ma'lumot
O'rtacha maoshlar • O'zbekiston • 2026

Node.js dasturchi oylik maoshi

O'sishga tayyormisiz? Dasturchilarning daromad imkoniyatlarini ko'ring

Oylik maosh

5 000 000

so'm / oyiga

Junior1+ yil tajriba1-bosqich
JavaScriptNode.jsExpress.jsREST API basicsPostgreSQL / MongoDBGit & GitHub

Express.js yordamida oddiy REST API va backend servislar yaratadi. PostgreSQL yoki MongoDB bilan ishlaydi, Git orqali kodni boshqaradi va kichik loyihalarda tajriba yig'adi.

Senior maoshiga nisbatan

Junior
21%
Middle
50%
Senior
100%
Boshlang'ich daraja

Agar sizda quyidagi qobiliyatlar bo'lsa, bu kurs aynan siz uchun

Mantiqiy fikrlashKompyuterda ishlashMuammolarga yechim topishZamonaviy kasb o'rganishO'z ustida ishlashTexnologiyalarni tushunishDiqqatni jamlashInternet va texnologiyalarSabrlilik va intizom
Agar sizda quyidagi qobiliyatlar bo'lsa, bu kurs aynan siz uchun kursi kimlar uchun mos

Kurs natijasi

Nimalarni o'rganasiz

Node.js Backend kursida o'quvchilar JavaScript va TypeScript yordamida sayt va ilovalarning server qismini yaratishni o'rganadilar. Kurs davomida backend asoslari, ma'lumotlar bazalari, real-time ilovalar va loyihalar orqali amaliy tajriba hosil qiladilar.

TypeScript
GitHub
Git
Docker

4 ta asosiy yo'nalish

Nazariya, amaliyot va portfolio

Jamoa Bo‘lib Loyihalar Ustida Ishlash
Jamoa Bo‘lib Ishlash

Jamoa Bo‘lib Loyihalar Ustida Ishlash

Bu yo‘nalishda siz jamoa bilan birgalikda loyihalar ustida ishlash tajribasiga ega bo‘lasiz. Loyihani rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash va birgalikda kod yozish jarayonlarini o‘rganasiz. Shuningdek, versiya nazorati tizimlari — Git va GitHub orqali jamoaviy ishlash, kodlarni boshqarish va hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirasiz.

Amaliy natija
Mantiqiy Fikrlash va Dasturlash
Fikrlash va Dasturlash

Mantiqiy Fikrlash va Dasturlash

Dasturlash asoslari orqali siz muammolarni yechish, algoritmik fikrlash va toza kod yozishni o‘rganasiz. Bu ko‘nikmalar sizni kuchli developerga aylantiradi.

Amaliy natija
Professional Rivojlanish
Rivojlanish

Professional Rivojlanish

Bu yo‘nalishda siz o‘zingizni developer sifatida rivojlantirishni o‘rganasiz. To‘g‘ri fikrlash, vaqtni boshqarish, mustaqil ishlash va yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirasiz. Shuningdek, foydali kitoblar o‘qish orqali bilim doirangizni kengaytirib, fikrlash darajangizni yanada rivojlantirasiz. Bu sizga kelajakda IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga yordam beradi.

Amaliy natija
Zamonaviy Node.js texnologiyalari
Texnologiyalar

Zamonaviy Node.js texnologiyalari

Node.js, Express.js, NestJS va TypeScript orqali server bilan ishlash, API yaratish va real vaqtda ishlaydigan ilovalar qurishni o'rganasiz. Har bir modul loyiha bilan mustahkamlanadi.

Amaliy natija

Tech stack

Ishlaydigan vositalar

12+ tools

Har bir texnologiya alohida emas, loyiha jarayonida bir-biri bilan bog'liq holda qo'llanadi.

TypeScript
TypeScriptJS ustiga qo‘shimcha tiplar qo‘shilgan til
GitHub
GitHubKod hosting platformasi
Git
GitVersiya nazorat tizimi
Docker
DockerKonteyner virtualizatsiyasi
MongoDB
MongoDBMoslashuvchan ma’lumot saqlash
PostgreSQL
PostgreSQLMa’lumotlar bazasi boshqaruvi
Nginx
NginxWeb proksi-server
Redis
RedisTezkor operativ kesh xotira
Postman
PostmanAPI soʻrovlarini testlash vositasi
Node.jsServer tomonidagi JavaScript muhiti
Express.jsMinimalistik backend framework
NestJSEnterprise darajadagi backend framework
O'QUV JARAYONI

Dars jarayoni qanday o'tadi

Nazariya emas, amaliyot. Har bir dars real natijaga va sizning rivojlanishingizga xizmat qiladi.

Node.js Backend kursida dars jarayoni
O‘quvchi rasmi 1
O‘quvchi rasmi 2
O‘quvchi rasmi 3
500+Kurs ishtirokchilari

80%

Amaliyot

Darslarning 80% amaliyotga asoslangan

3×

Haftasiga dars

Haftasiga 3 marotaba jonli darslar

120

Daqiqa

Har bir dars 120 daqiqa samarali davom etadi

✧

5 bosqichli o'quv jarayoni

Sizni maqsadingizga olib boradigan aniq tizim

01

Yangi mavzu

Har bir mavzuni tushunarli va amaliy misollar bilan o'rganamiz.

02

Uy vazifasi

Mustahkamlash uchun amaliy vazifalar beriladi.

03

Code review

Mentorlar tomonidan kodingiz tahlil qilinib, xatolar ko'rsatiladi.

04

Loyiha

Amaliy bilimlaringizni loyihalarda sinab ko'rasiz.

05

Mentor feedback

Shaxsiy tavsiyalar va yo'l-yo'riqlar orqali rivojlanishingiz tezlashadi.

O'quv kurs dasturi

Modul №1 | 2 oy

JavaScript asoslari

Kurs davomiyligi: 24 ta

Dasturlash va JavaScript asoslarini noldan o'rganasiz: o'zgaruvchilar, ma'lumot turlari, shartlar, sikllar, funksiyalar, massivlar va obyektlar. Algoritmik masalalar yechish orqali mantiqiy fikrlashni rivojlantirasiz. Git va GitHub bilan ilk tanishuv ham shu modulda bo'ladi. Modul yakunida loyiha va imtihon bo'lib o'tadi.
Modul №2 | 1 oy

Advanced JavaScript & TypeScript

Kurs davomiyligi: 12 ta

Closure, scope, prototype, OOP, class va ES6+ imkoniyatlarini o'rganasiz. Callback, Promise, async/await va Event Loop orqali asinxron dasturlash mantig'ini tushunasiz. TypeScript bilan types, interface, generics va enum yordamida xavfsiz kod yozasiz.
Modul №3 | 1 oy

Node.js Fundamentals

Kurs davomiyligi: 12 ta

Node.js qanday ishlashini, modullar tizimi (CommonJS, ES Modules), npm, File System, Streams, Buffer, Events va HTTP modulini o'rganasiz. Hech qanday frameworksiz oddiy server yozib, backend asoslarini chuqur tushunasiz.
Modul №4 | 1 oy

Express.js & REST API

Kurs davomiyligi: 12 ta

Express.js yordamida REST API yaratish, routing, middleware, CRUD operatsiyalar, validation va error handling bilan ishlaysiz. JWT authentication, fayl yuklash va Swagger orqali API dokumentatsiya yozishni o'rganasiz. Postman bilan API'larni test qilasiz.
Modul №5 | 1 oy

PostgreSQL, MongoDB & Redis

Kurs davomiyligi: 12 ta

SQL query'lar, relationships, indexing va query optimizatsiyasini o'rganasiz. Prisma va TypeORM orqali PostgreSQL bilan, Mongoose orqali MongoDB bilan ishlaysiz. Redis yordamida caching va session management'ni yo'lga qo'yasiz.
Modul №6 | 1.5 oy

NestJS Framework

Kurs davomiyligi: 18 ta

Modul, controller, service va dependency injection asosida tuzilgan professional backend yaratishni o'rganasiz. Guard, pipe, interceptor, DTO, role-based access control va clean architecture yordamida enterprise darajadagi API'lar yozasiz.
Modul №7 | 1 oy

Real-time, Testing & Security

Kurs davomiyligi: 12 ta

WebSocket va Socket.IO yordamida chat va bildirishnomalar kabi real vaqtli ilovalar yaratasiz. Jest bilan unit va integration testlar yozasiz. Rate limiting, CORS, Helmet, xavfsiz parol saqlash va OWASP asosiy zaifliklaridan himoyalanishni o'rganasiz.
Modul №8 | 1 oy

Docker, Linux & CI/CD

Kurs davomiyligi: 12 ta

Backend ilovalarni serverga tayyorlash va avtomatik deploy qilishni o'rganasiz. Docker, Docker Compose, Linux, Nginx, PM2, environment variables va VPS bilan ishlaysiz. GitHub Actions orqali test, build va deploy jarayonlarini avtomatlashtirasiz.
Modul №9 | 0.5 oy

Microservices & Message Brokers

Kurs davomiyligi: 6 ta

Microservices arxitekturasi, API Gateway va servislar o'rtasidagi aloqa bilan tanishasiz. RabbitMQ yoki Kafka yordamida asinxron xabar almashish, queue va background job'lar (BullMQ) bilan ishlaysiz.
Modul №10 | 2 oy

Jamoaviy loyiha praktikumi

Kurs davomiyligi: 24 ta

Kurs davomida o'rganganlaringizni real loyihada qo'llaysiz. Jamoa bilan texnik topshiriq asosida arxitektura, ma'lumotlar bazasi, API, testing, Docker va deploy jarayonlarini mustaqil amalga oshirasiz. Code review va real development workflow orqali portfolio uchun production darajadagi loyiha yaratasiz.

Bepul maslahat olish uchun nima qilish kerak?

Ro'yxatdan o'ting

Kurs yakunida nimalarni qo‘lga kiritasiz ?

Kursdan keyin bilim va tajribangizni tasdiqlovchi 2 xil sertifikat olasiz: Birinchisi — O‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatganingiz uchun, ikkinchisi — Praktikum sertifikati bo‘lib, jamoa bilan loyihalar ustida ishlaganingizni tasdiqlaydi.

O'quv sertifikati:

Bu sizning kursni 10 oy davomida muvaffaqiyatli o‘qib tugatganingizni tasdiqlovchi hujjat. Ushbu sertifikat siz egallagan nazariy bilimlar va asosiy ko‘nikmalarni aks ettiradi hamda o‘qishni to‘liq yakunlaganingizni ko‘rsatadi.

Praktikum sertifikati:

Bu sizning 2 oy mobaynida jamoa bilan loyiha ustida ishlaganingizni tasdiqlaydi. Siz turli yo‘nalishdagi dasturchilar bilan birga ishlab, haqiqiy tajriba orttirasiz. Ushbu sertifikat faqat jamoa loyihani 100% yakunlab, uni serverda to‘liq ishlaydigan holatga keltirgandan keyin beriladi. Agar loyiha to‘liq tugallanmasa, sertifikat taqdim etilmaydi. Bu esa sizni real ish muhitiga tayyorlaydi.

FintechHub kursini tamomlaganlik sertifikati namunasi

Ta’lim shakllari

Guruhda — Birga kod yozib, tezroq o‘rganing

Darslar 12 nafargacha o‘quvchidan iborat kichik guruhlarda olib boriladi. Bu esa ustozga har bir o‘quvchiga individual e’tibor qaratish imkonini beradi. Natijada, mavzularni chuqurroq tushunish, savollarga tezkor javob olish va samarali o‘rganish muhiti yaratiladi.

Guruhda — Birga kod yozib, tezroq o‘rganing

Individual — Sizga mos, tez va samarali o‘rganing

Darslar to‘liq sizga moslashtirilgan tarzda olib boriladi. Ustoz faqat siz bilan ishlaydi va har bir mavzuni sizning darajangiz hamda o‘rganish tezligingizga qarab tushuntiradi. Bu esa qisqa vaqt ichida maksimal natija olish va dasturlashni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.

Individual — Sizga mos, tez va samarali o‘rganing

Onlayn — Qulay va istalgan joydan samarali o‘rganing

Onlayn o‘qitish sizga istalgan joydan o‘qish imkonini beradi. Darslar jonli tarzda o‘tiladi, yozuvlari saqlab beriladi, savollarni esa bevosita ustozga berishingiz mumkin. Ishlaydiganlar va band grafikda yuruvchilar uchun juda qulay.

Onlayn — Qulay va istalgan joydan samarali o‘rganing

Kelajak kasbingizni o'rganishni hozirdan boshlang!

O‘rganishni bugundan boshlang — qisqa vaqt ichida o‘zgarishni his qiling. Bugun o‘rganing, amalda qo‘llang va ertaga natijaga erishing.

Maslahat olish uchun ma'lumot qoldiring:

Telefon raqamingiz

Tugmani bosish orqali shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlanishiga rozilik beraman

O'qish narxi

Node.js Backend yo'nalishidagi barcha guruhlar uchun o'quvchilar bir xil tarif asosida ta'lim oladi.

Professional Ta'lim

Sohada ko'p yillik tajribaga ega ekspertlardan darslar.

Hamjamiyat

O'zaro bilim almashish uchun faol talabalar hamjamiyati.

Innovatsion O‘quv Rejasi

Eng so'nggi texnologiyalar asosida tuzilgan o'quv rejasi.

OFFLINE

Oylik to'lov

1 400 000so'm
  • 12 ta o‘quvchidan iborat amaliy guruhli darslar
  • Yordamchi ustozning qo‘llab-quvvatlashi
  • Demo loyihalar bilan ishlash
  • Sertifikat taqdim etiladi
  • O‘tilgan darslarning video yozuvlari
ONLINE

Oylik to'lov

1 400 000so'm
  • Offline guruh darslariga onlayn qo‘shilib, guruh bilan birga o‘qish
  • Yordamchi ustozning qo‘llab-quvvatlashi
  • Demo loyihalar bilan ishlash
  • Sertifikat taqdim etiladi
  • O‘tilgan darslarning video yozuvlari
INDIVIDUAL

Oylik to'lov

3 000 000so'm
  • Offline darslarda individual yondashuv, o'qtuvchi bilan birga-bir o‘qitish
  • Yordamchi ustozning qo‘llab-quvvatlashi
  • Demo loyihalar bilan ishlash
  • Sertifikat taqdim etiladi
  • O‘tilgan darslarning video yozuvlari
  • Moslashuvchan vaqt jadvali va o‘quvchi uchun shaxsiy road map

Savollaringiz bormi?

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — menejerlarimiz siz bilan bog‘lanib, barcha savollaringizga batafsil va tushunarli javob beradi.

Yoki o'zingiz bizga murojaat qilishingiz mumkin:

Maslahat olish uchun ma'lumot qoldiring:

Telefon raqamingiz

Tugmani bosish orqali shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlanishiga rozilik beraman

Eng ko'p beriladigan savollar

Nega aynan Node.js'ni o'rganishim kerak?

Node.js bilan frontend va backendni bitta tilda — JavaScript'da yozasiz. U tez, real-time ilovalar uchun juda qulay va Netflix, PayPal, Uber kabi kompaniyalarda ishlatiladi.

Dasturlashni umuman bilmasam ham boshlasam bo'ladimi?

Ha. Kurs JavaScript asoslaridan, noldan boshlanadi. Faqat kompyuterda ishlay olish va o'rganishga qiziqish yetarli.

Kursda qaysi frameworklar o'rgatiladi?

Asosiysi Express.js va NestJS. Shuningdek, TypeScript, Prisma/TypeORM, Mongoose va Socket.IO bilan ishlaysiz.

Qanday loyihalar ustida ishlaymiz?

REST API, internet-do'kon backendi, real-time chat, to'lov va bildirishnoma tizimlari hamda microservice'lar ustida amaliyot qilasiz.

Node.js dasturchilariga bozorda talab bormi?

Ha. JavaScript eng ko'p ishlatiladigan til bo'lgani uchun Node.js backend va fullstack vakansiyalari soni ko'p, ayniqsa startap va mahsulot kompaniyalarida.

Deploy qilishni ham o'rgatasizlarmi?

Ha. Docker, Nginx, VPS va GitHub Actions orqali loyihani serverga chiqarish va avtomatik deploy qilishni o'rganasiz.