FintechHub IT akademiyasi logotipi
  • Bosh sahifa
  • Kurslarimiz
  • Aloqa
  • Blog
+998 (71) 203 88 00
FintechHub IT akademiyasi logotipi

Kurslarimiz

  • Frontend dasturlash kursi
  • Python Backend dasturlash kursi
  • Go Backend dasturlash kursi
  • Mobile Flutter dasturlash kursi
  • DevOps Engineering kursi
  • Junior KIDS kursi
  • Kiberxavfsizlik kursi

Bo`limlar

  • Aloqa
  • Blog

Biz haqimizda qisqacha

FintechHub - kompyuter dasturlari va startap loyihalarni ishlab chiqaradigan yurtimizdagi yirik IT laboratoriya hisoblanadi. Dunyo darajasidagi raqamli loyihalarni amaliyotga tadbiq etish bilan birga, o'z sohasida kuchli bo'lgan dasturchilarni tayyorlash bilan ham shug'ullanadi.

Biz bilan bog'lanish
© Copyright 2026 by fintechhub.uz
Bosh sahifa
Blog
Nega aynan FinTechHub akademiyasini tanlash kerak?

Nega aynan FinTechHub akademiyasini tanlash kerak?

25/06/2026
5 daqiqa
134 marta ko'rildi
FinTechHub Akademiyasi muallif rasmi
FinTechHub Akademiyasi
Nega aynan FinTechHub akademiyasini tanlash kerak?
Ulashish
Ulashish

Dasturlash kursini tanlashda faqat kurs nomiga, narxiga yoki davomiyligiga qarash yetarli emas. Eng muhim savol: bu o‘quv markaz o‘quvchiga faqat nazariya beradimi yoki uni amaliy IT muhitiga ham tayyorlaydimi?


FinTechHub’ning asosiy ustunligi shundaki, bu akademiya oddiy dars beradigan o‘quv markazi emas. FinTechHub Unired Universal Bank va moliya kompaniyalari tizimi bilan bog‘liq texnologik muhitda shakllangan amaliy IT akademiya hisoblanadi. Bundan tashqari, akademiya shu kungacha Eduon va MySafar kabi startup loyihalarning texnologik tomonida faol ishtirok etgan.

FinTechHub — amaliy IT ta’lim va dasturlash kurslari akademiyasiFinTechHub — amaliy IT ta’lim va dasturlash kurslari akademiyasi

Ta’lim jarayonida hard skill va soft skill rivojlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar tasklar bilan ishlash, vaqtni boshqarish, jamoa bilan muloqot qilish, muammolarni birgalikda hal qilish, o‘z fikrini to‘g‘ri yetkazish va mas’uliyat bilan ishlash kabi ko‘nikmalarni ham shakllantiradi.

Natijada o‘quvchi faqat kod yozishni emas, balki zamonaviy IT jamoasining bir qismi sifatida ishlashni ham o‘rganadi. Bu esa kelajakda kompaniyalarda ishlash, startup loyihalarda qatnashish va yirik texnologik mahsulotlar yaratish uchun muhim tajriba hisoblanadi.

1. Bank va moliya texnologiyalari muhitiga yaqinlik

FinTechHub’ning Unired , Universal Bank va moliya kompaniyalari tizimi bilan bog‘liq muhitda ochilgani uning eng katta yutuqlaridan biridir. Moliya sohasi IT bo‘yicha eng mas’uliyatli va talabchan yo‘nalishlardan hisoblanadi. Bank tizimlarida tezlik, xavfsizlik, aniqlik va barqarorlik juda muhim. Mobil banking, to‘lov tizimlari, karta operatsiyalari, backend xizmatlar, ma’lumotlar bazasi, server infratuzilmasi va axborot xavfsizligi — bularning barchasi kuchli dasturiy yechimlarga tayanadi. Shuning uchun FinTechHub’dagi ta’lim muhiti o‘quvchiga dasturlashni faqat “kod yozish” sifatida emas, balki real biznes va texnologik muammolarga yechim topish vositasi sifatida tushunishga yordam beradi.

Unired — FinTechHub hamkori moliyaviy texnologiyalar kompaniyasi logotipiUnired — FinTechHub hamkori moliyaviy texnologiyalar kompaniyasi logotipi Universal Bank — FinTechHub shakllangan bank-moliya ekotizimi logotipiUniversal Bank — FinTechHub shakllangan bank-moliya ekotizimi logotipi
Oddiy qilib aytganda, siz har kuni telefonda to‘lov qilganingizda, karta balansini tekshirganingizda, avia bilet qidirganingizda yoki online xizmatdan foydalanganingizda, bu jarayonlar ortida dasturchilar, backend tizimlar, mobil ilovalar, serverlar, xavfsizlik, product managerlar va DevOps jarayonlari turadi. FinTechHub o‘quvchilari aynan shunday texnologik jarayonlarni amaliy tomondan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2. Eduon startup loyihasi tajribasi

FinTechHub’ning muhim amaliy tajribalaridan biri — Eduon startup loyihasi bilan bog‘liq. Eduon Mfaktor korxonasi, Hasan va Husan Mamasaidovlar bilan hamkorlikda qilingan startup loyihalardan biri hisoblanadi. Eduon — FinTechHub ishtirokida ishlab chiqilgan ta’lim yo‘nalishidagi startup loyiha.Eduon — FinTechHub ishtirokida ishlab chiqilgan ta’lim yo‘nalishidagi startup loyiha. Ushbu loyihaning texnologik, ya’ni dasturiy tomoni FinTechHub tomonidan ishlab chiqilgan. Eng muhim jihati shundaki, bu jarayonda FinTechHub akademiyasi o‘quvchilari ham ishtirok etgan. Ustozlar loyiha jarayonini bosqichlarga ajratgan, o‘quvchilarga amaliy tasklar bergan, bajarilgan ishlarni tekshirgan, xatolarni ko‘rsatgan va o‘quvchilarni mentorlik orqali yo‘naltirib borgan. Shu tarzda o‘quvchilar oddiy o‘quv topshirig‘ini emas, balki haqiqiy startup mahsulotining dasturiy qismini yaratish jarayonini ko‘rgan. Bu o‘quvchilar uchun juda katta tajriba bo‘lgan. Chunki ular kod yozish bilan birga loyiha qanday rejalashtirilishini, tasklar qanday bo‘linishini, jamoada ishlash qanday bo‘lishini va mahsulotni bosqichma-bosqich ishlab chiqish jarayonini o‘rgangan.

3. MySafar — avia biletlar va turizm yo‘nalishidagi startup tajribasi

FinTechHub tajribasidagi yana bir muhim loyiha — MySafar. MySafar avia biletlar va turizm xizmatlari bilan bog‘liq loyiha bo‘lib, uni turizm texnologiyalari yo‘nalishidagi startup sifatida tushunish mumkin. MySafar — FinTechHub o‘quvchilari ishtirokida ishlab chiqilgan avia biletlar va turizm xizmatlariga oid texnologik loyiha.MySafar — FinTechHub o‘quvchilari ishtirokida ishlab chiqilgan avia biletlar va turizm xizmatlariga oid texnologik loyiha. Bu loyiha orqali foydalanuvchilar avia biletlar va sayohat bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘lgan texnologik yechim ustida ish olib borilgan. MySafar loyihasining Frontend, Backend va App yo‘nalishlari ham FinTechHub o‘quvchilari ishtirokida ishlab chiqilgan. Bu jarayon oddiy darsdagi mashq emas edi. Loyihada product management, task taqsimlash, texnik rejalashtirish va nazorat jarayonlari bo‘lgan. PM vazifasida Unired Universal Bank’dagi Senior Software Architectlar bosh-qosh bo‘lgan. Ular loyiha uchun tasklarni belgilab bergan, jarayonni nazorat qilgan, bajarilgan ishlarni tekshirgan va mahsulotni bozorga olib chiqish jarayonida yo‘l ko‘rsatgan. Natijada o‘quvchilar faqat dastur yozishni emas, balki loyiha qanday yuritilishini ham o‘rgangan. Ular meetinglarda qatnashgan, muhokamalarni ko‘rgan, tasklarni tushungan, deadline va mas’uliyat bilan ishlashni o‘rgangan, biznesni rivojlantirish uchun texnologiya qanday ishlatilishini amaliy ko‘rgan.

4. O‘quvchilar faqat kod yozishni emas, product yaratishni o‘rganadi

FinTechHub’dagi amaliy loyiha jarayonlarining eng katta foydasi shundaki, o‘quvchilar faqat dasturiy kod yozish bilan cheklanib qolmaydi. Ular product qanday yaratilishini, qanday yuritilishini va qanday rivojlantirilishini ham tushunadi. Haqiqiy IT loyihada faqat kod yozish yetarli emas. Loyiha uchun g‘oya, reja, task, dizayn, frontend, backend, mobil ilova, test qilish, xatolarni tuzatish, foydalanuvchi tajribasi, bozorga chiqarish va keyinchalik rivojlantirish jarayonlari bo‘ladi. FinTechHub o‘quvchilari bunday jarayonlarga yaqin bo‘lgani uchun ular IT sohasini kengroq tushunadi. Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy rivojlanishiga katta yordam beradi. Dasturlashdan umuman xabari bo‘lmagan odam uchun buni sodda qilib shunday tushuntirish mumkin:

FinTechHub’da o‘quvchi faqat “kod yozishni” emas, balki “foydalanuvchiga kerak bo‘ladigan texnologik mahsulotni qanday yaratish kerakligini” ham o‘rganadi.

5. Vazifalarni boshqarish va Jamoaviy ishlash tajribasi

IT sohasida yaxshi dasturchi bo‘lish uchun faqat texnik bilimning o‘zi yetarli emas. Jamoada ishlash, vazifani tushunish, taskni vaqtida bajarish, xatoni qabul qilish va mentor feedback’i asosida rivojlanish ham juda muhim. FinTechHub o‘quvchilari startup loyihalar jarayonida aynan shunday tajribalarni ko‘rgan. Ular ustozlar va tajribali mutaxassislar tomonidan berilgan tasklar ustida ishlagan, bajarilgan ishlar tekshirilgan va kerakli joylarda tuzatishlar kiritilgan. Bu jarayon o‘quvchiga haqiqiy IT kompaniyada ishlash madaniyatini tushunishga yordam beradi. Chunki ko‘plab kompaniyalarda dasturchilar aynan task, meeting, code review, sprint, deadline va jamoaviy ish asosida ishlaydi.

6. Amaliy ta’limga asoslangan yondashuv

FinTechHub’da o‘quvchilar faqat nazariya o‘rganib qolmaydi. Har bir yo‘nalishda amaliy mashg‘ulotlar, topshiriqlar va amaliy loyiha yaratish jarayoni mavjud. Masalan, Frontend o‘quvchisi web sahifa va interfeys yaratishni o‘rganadi. Backend o‘quvchisi server, API va ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydi. Flutter o‘quvchisi mobil ilova yaratadi. DevOps o‘quvchisi loyihani ishga tushirish va server infratuzilmasi bilan ishlashni o‘rganadi. Kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi o‘quvchi esa tizimlarni himoya qilish asoslarini tushunadi. Bu yondashuv o‘quvchiga mavzuni shunchaki eshitib o‘tish emas, balki uni amalda qo‘llash imkonini beradi.

7. Zamonaviy IT bozoriga mos yo‘nalishlar

FinTechHub o‘quv markazida zamonaviy IT bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy kurslar tashkil etilgan. Har bir kurs o‘quvchilarga loyihalar ustida ishlash, mustahkam texnik bilim olish va kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlanish imkonini beradi. FinTechHub kurslari dasturlash, web ilovalar yaratish, mobil ilovalar ishlab chiqish, server va ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, DevOps jarayonlari hamda kiberxavfsizlik kabi eng dolzarb IT sohalarini qamrab oladi. O‘quv jarayoni nazariy bilimlar, amaliy mashg‘ulotlar, loyiha ishlari va mentorlik yondashuvi asosida olib boriladi. Quyidagi jadval orqali FinTechHub’da mavjud o‘quv kurslari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

№Kurs nomiDavomiyligiQabul yoshiQisqacha tavsifi
1Mobile Flutter12 oy13 yoshdan boshlabFlutter dasturlash kursida Android va iOS uchun zamonaviy mobil ilovalar yaratishni o‘rganing. Dart, UI dizayn va amaliy loyihalar orqali mobil dasturchi bo‘lish yo‘lini boshlang.
2Kiberxavfsizlik9 oy14 yoshdan boshlabAxborot xavfsizligi, tarmoq himoyasi va ethical hacking yo‘nalishlarini amaliy tarzda o‘rganish uchun mo‘ljallangan kurs.
3Python Backend12 oy13 yoshdan boshlabPython, Django, REST API, PostgreSQL va server tomon dasturlash orqali backend dasturchilikni o‘rganishga yo‘naltirilgan kurs.
4Junior WebCoders12 oy7–12 yoshdagi bolalar uchunBolalar HTML, CSS, JavaScript, Tailwind CSS, Bootstrap, Git/GitHub va Figma texnologiyalarini amaliy tarzda o‘rganadilar.
5DevOps Engineer7 oy16 yoshdan boshlabLinux serverlari, Docker, CI/CD, Git/GitHub va bulutli infratuzilma bilan ishlashni o‘rgatuvchi amaliy DevOps kursi.
6Junior Kids3 oy7 yoshdan boshlanadiScratch, sun’iy intellekt, Google instrumentlari va Tilda orqali bolalar uchun dasturlash asoslarini o‘rgatuvchi boshlang‘ich kurs.
7Go Backend12 oy16 yoshdan boshlabGo, REST API, PostgreSQL, mikroxizmatlar va backend arxitektura asoslarini o‘rgatuvchi backend dasturlash kursi.
8Frontend12 oy13 yoshdan boshlabHTML, CSS, JavaScript, React va amaliy loyiha tajribasi orqali web sayt va zamonaviy interfeyslar yaratishni o‘rgatuvchi kurs.

FinTechHub’dagi har bir IT kurs o‘quvchini amaliy bilim va real ko‘nikmalarga ega mutaxassis sifatida shakllantirishga qaratilgan.

8. Mentorlar bilan bosqichma-bosqich o‘rganish

Dasturlashni mustaqil o‘rganish mumkin, lekin boshlovchilar uchun bu ko‘pincha qiyin bo‘ladi. Qaysi mavzudan boshlash, nimani keyin o‘rganish, xatoni qanday topish va amaliy loyiha qilishni qanday boshlash ko‘pchilikka tushunarsiz bo‘lishi mumkin. FinTechHub’da mentorlar o‘quvchiga yo‘l ko‘rsatadi. Mentor mavzuni tushuntiradi, topshiriqlarda yordam beradi, xatolarni ko‘rsatadi va o‘quvchini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yordam beradi. Bu ayniqsa dasturlashdan umuman xabari bo‘lmaganlar uchun juda foydali. Chunki o‘quvchi yolg‘iz qolib ketmaydi — u o‘rganish jarayonida yo‘l-yo‘riq oladi.

9. Portfolio yaratish imkoniyati

IT sohasida faqat “men kurs tugatdim” deyish yetarli emas. O‘quvchida ko‘rsata oladigan ishlari, ya’ni portfolio bo‘lishi muhim. FinTechHub kurslarida o‘quvchilar amaliy topshiriqlar bajaradi va amaliy loyihalar yaratadi. Bu loyihalar o‘quvchining bilimini mustahkamlashga, o‘z ko‘nikmalarini ko‘rsatishga va keyingi bosqichga tayyorlanishga yordam beradi. Portfolio ayniqsa IT sohasiga kirishni xohlaganlar uchun muhim. Chunki u o‘quvchining nimani bilishini so‘z bilan emas, tayyor ishlar orqali ko‘rsatadi.

10. Ota-onalar va yoshlar uchun foydali IT muhiti

FinTechHub nafaqat kattalar, balki yoshlar, maktab o‘quvchilari va bolalar uchun ham mos yo‘nalishlarga ega. Kids IT va Junior kurslar orqali bolalar kompyuter savodxonligi, mantiqiy fikrlash, algoritmik fikrlash va dasturlash asoslarini yoshiga mos shaklda o‘rganadi. Bugungi kunda bolalar texnologiyadan juda ko‘p foydalanadi. Muhimi, ular texnologiyani faqat iste’mol qilish bilan cheklanib qolmasligi, balki uni yaratish, tushunish va foydali maqsadda ishlatishni ham o‘rganishidir. FinTechHub shu yo‘nalishda ota-onalar uchun ham yaxshi tanlov bo‘la oladi.

Xulosa: FinTechHub’ni tanlash nimasi bilan foydali?

FinTechHub’ni tanlashning asosiy sababi — bu yerda dasturlash amaliy muhit, mentorlik, zamonaviy yo‘nalishlar, startup tajribasi va amaliy loyiha yaratish jarayoni orqali o‘rgatiladi. Akademiyaning Unired Universal Bank va moliya kompaniyalari tizimi bilan bog‘liq texnologik muhitda shakllangani, Eduon va MySafar kabi startup loyihalarda texnologik tajribaga ega ekani, o‘quvchilarning Frontend, Backend va App yo‘nalishlarida amaliy loyiha jarayonlarida qatnashgani FinTechHub’ning amaliy ta’lim darajasini yanada kuchaytiradi. Agar siz dasturlashni noldan o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, IT sohasiga kirishni istasangiz, zamonaviy kasb egallamoqchi bo‘lsangiz, startup muhitini tushunishni xohlasangiz yoki farzandingiz uchun foydali IT ta’lim izlayotgan bo‘lsangiz, FinTechHub amaliy IT ta’lim uchun kuchli tanlovlardan biridir.

O‘zingizga mos kursni tanlang va IT sohasidagi birinchi qadamingizni FinTechHub bilan boshlang. Batafsil ma’lumot va bepul konsultatsiya uchun [+998 71 203 88 00](tel:+998712038800) raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Eng ko'p beriladigan savollar

Nega aynan FinTechHub akademiyasini tanlash kerak?
FinTechHub oddiy nazariya beradigan o'quv markazi emas, balki Unired Universal Bank va moliya kompaniyalari tizimi bilan bog'liq texnologik muhitda shakllangan amaliy IT akademiyadir. Bu yerda o'quvchilar real loyihalar, mentorlik va jamoaviy ish jarayoni orqali dasturlashni o'rganadi — natijada faqat kod yozishni emas, balki texnologik mahsulot yaratishni ham tushunadi.
FinTechHub qaysi kompaniya yoki bank bilan bog'liq?
FinTechHub Unired va Universal Bank hamda moliya kompaniyalari tizimi bilan bog'liq texnologik muhitda ochilgan. Aynan shu sababli akademiya o'quvchilarga bank-moliya texnologiyalari — to'lov tizimlari, mobil banking, backend xizmatlar va axborot xavfsizligi kabi yo'nalishlarga real muhitda yaqinlashish imkonini beradi.
FinTechHub o'quvchilari real loyihalarda ishlaganmi?
Ha. FinTechHub o'quvchilari Eduon va MySafar kabi startup loyihalarning dasturiy qismini ishlab chiqishda ishtirok etgan. Ular ustozlar va Senior Software Architectlar rahbarligida tasklar ustida ishlagan, code review va meetinglarda qatnashgan hamda mahsulotni bosqichma-bosqich yaratish jarayonini ko'rgan.
Eduon va MySafar loyihalari nima?
Eduon — Mfaktor korxonasi hamda Hasan va Husan Mamasaidovlar bilan hamkorlikda ishlangan ta'lim yo'nalishidagi startup loyiha. MySafar esa avia biletlar va turizm xizmatlari bilan bog'liq texnologik loyiha. Ikkala loyihaning ham Frontend, Backend va mobil ilova qismlari FinTechHub o'quvchilari ishtirokida ishlab chiqilgan.
FinTechHub'da qanday kurslar mavjud?
FinTechHub'da 8 ta amaliy yo'nalish bor: Frontend, Python Backend, Go Backend, Mobile Flutter, DevOps Engineer, Kiberxavfsizlik, Junior WebCoders (bolalar uchun) va Junior Kids. Kurslar davomiyligi 3 oydan 12 oygacha, qabul yoshi esa kursga qarab 7 yoshdan boshlanadi.
Dasturlashni umuman bilmasdan, noldan boshlash mumkinmi?
Ha, mumkin. FinTechHub'da mentorlar o'quvchiga qaysi mavzudan boshlash, nimani keyin o'rganish va xatolarni qanday topishni bosqichma-bosqich ko'rsatadi. Shu sababli dasturlashdan umuman xabari bo'lmagan kishi ham yolg'iz qolmaydi va yo'l-yo'riq olib o'rganadi.
Bolalar va maktab o'quvchilari uchun kurslar bormi?
Ha. Junior Kids (7 yoshdan) va Junior WebCoders (7–12 yosh) kurslari orqali bolalar kompyuter savodxonligi, mantiqiy fikrlash va dasturlash asoslarini yoshiga mos shaklda o'rganadi. Bu ota-onalar uchun farzandiga foydali IT ta'lim berishda yaxshi tanlovdir.
FinTechHub'da portfolio yaratiladimi?
Ha. O'quvchilar kurs davomida amaliy topshiriqlar bajaradi va loyihalar yaratadi. Bu loyihalar portfolio sifatida o'quvchining bilimini so'z bilan emas, tayyor ishlar orqali ko'rsatadi — bu IT sohasiga ishga kirishda muhim ahamiyatga ega.
FinTechHub'da mentorlik va jamoaviy ish o'rgatiladimi?
Ha. O'quvchilar loyihalar jarayonida topshiriqlar bilan ishlash (task managment) , kodlarni tekshirish (code review), deadline va jamoaviy ish madaniyatini o'rganadi. Bu real IT kompaniyada ishlash tartibini tushunishga yordam beradi, chunki ko'plab kompaniyalar aynan shu tartibda ishlaydi.
FinTechHub'da o'qish faqat kod yozishni o'rgatadimi?
Yo'q. FinTechHub'da o'quvchi kod yozish bilan birga product qanday yaratilishini, rejalashtirilishini va rivojlantirilishini ham o'rganadi — g'oyadan tortib dizayn, frontend, backend, test va bozorga chiqarishgacha. Shuningdek hard skill bilan birga soft skill (vaqtni boshqarish, jamoada muloqot, mas'uliyat) ham rivojlantiriladi.
FinTechHub bilan qanday bog'lanish mumkin?
Bepul konsultatsiya va batafsil ma'lumot olish uchun +998 71 203 88 00 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. Shuningdek saytdagi formani to'ldirsangiz, menejerlar siz bilan bog'lanib, sizga mos kursni tanlashda yordam beradi.

Mundarija

1. Bank va moliya texnologiyalari muhitiga yaqinlik2. Eduon startup loyihasi tajribasi3. MySafar — avia biletlar va turizm yo‘nalishidagi startup tajribasi4. O‘quvchilar faqat kod yozishni emas, product yaratishni o‘rganadi5. Vazifalarni boshqarish va Jamoaviy ishlash tajribasi6. Amaliy ta’limga asoslangan yondashuv7. Zamonaviy IT bozoriga mos yo‘nalishlar8. Mentorlar bilan bosqichma-bosqich o‘rganish9. Portfolio yaratish imkoniyati10. Ota-onalar va yoshlar uchun foydali IT muhitiXulosa: FinTechHub’ni tanlash nimasi bilan foydali?

Boshqalar

Kiberxavfsizlik asoslari: har bir mutaxassis bilishi kerak bo'lgan narsalar

Kiberxavfsizlik asoslari: har bir mutaxassis bilishi kerak bo'lgan narsalar

10/07/2026

AI Agentlar nima va ular qanday ishlaydi?

AI Agentlar nima va ular qanday ishlaydi?

08/07/2026

Kvant kompyuterlari: kelajakni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan texnologiya

Kvant kompyuterlari: kelajakni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan texnologiya

29/06/2026

Python Backend'ni noldan boshladingiz — endi nima? 12 oylik yo'l xaritasi

Python Backend'ni noldan boshladingiz — endi nima? 12 oylik yo'l xaritasi

29/06/2026

Qaysi dasturlash kursini tanlash kerak?

Qaysi dasturlash kursini tanlash kerak?

25/06/2026

Barchasini ko'rish