
Mantiqiy Fikrlash va Dasturlash
Dasturlash asoslari orqali siz muammolarni yechish, algoritmik fikrlash va toza kod yozishni o‘rganasiz. Bu ko‘nikmalar sizni kuchli developerga aylantiradi.

Python Backend kursida Django, REST API, PostgreSQL va server tomon dasturlashni o‘rganing. Backend dasturchilik yo‘nalishida kuchli mutaxassis bo‘lish yo‘lini FintechHub bilan boshlang.
Maslahat olish uchun ma'lumot qoldiring:
13 yoshdan boshlab
12 oy
159 ta
Offline / Online
Sayt va dasturlarning ichki ishlash qismini yaratadigan mutaxassis. Foydalanuvchilar ko‘rmaydigan barcha jarayonlar, masalan login qilish, ma’lumotlarni saqlash, buyurtmalarni boshqarish, to‘lov tizimi va saytning tez hamda xavfsiz ishlashi aynan backend dasturchi tomonidan yaratiladi.
300+
Dars Soatlari
30+
Amaliy Loyihalar

O‘sishga tayyormisiz? Dasturchilarning daromad imkoniyatlarini ko‘ring
Oylik maosh
so'm / oyiga
Oddiy backend loyihalar va API lar yaratadi. CRUD operatsiyalarni bajaradi va frontend bilan bog‘lay oladi. Kichik loyihalar orqali tajriba yig‘adi.
Maosh o'sishi

Kurs natijasi
Backend Python kursida o‘quvchilar Python dasturlash tili yordamida sayt va dasturlarning ichki ishlash jarayonlarini o‘rganadilar. Kurs davomida backend asoslari, ma’lumotlar bilan ishlash va loyihalar yaratish orqali amaliy tajriba hosil qiladilar
4 ta asosiy yo'nalish
Nazariya, amaliyot va portfolio

Dasturlash asoslari orqali siz muammolarni yechish, algoritmik fikrlash va toza kod yozishni o‘rganasiz. Bu ko‘nikmalar sizni kuchli developerga aylantiradi.

Bu yo‘nalishda siz jamoa bilan birgalikda loyihalar ustida ishlash tajribasiga ega bo‘lasiz. Loyihani rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash va birgalikda kod yozish jarayonlarini o‘rganasiz. Shuningdek, versiya nazorati tizimlari — Git va GitHub orqali jamoaviy ishlash, kodlarni boshqarish va hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirasiz.

Bu yo‘nalishda siz o‘zingizni developer sifatida rivojlantirishni o‘rganasiz. To‘g‘ri fikrlash, vaqtni boshqarish, mustaqil ishlash va yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirasiz. Shuningdek, foydali kitoblar o‘qish orqali bilim doirangizni kengaytirib, fikrlash darajangizni yanada rivojlantirasiz. Bu sizga kelajakda IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga yordam beradi.

Bu yo‘nalishda o‘quvchilar Python dasturlash tili orqali backend asoslari, server bilan ishlash va saytlarning ichki ishlash jarayonlarini o‘rganadilar. Kurs davomida real mini loyihalar orqali amaliy tajriba va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Tech stack
Har bir texnologiya alohida emas,loyiha jarayonida bir-biri bilan bog'liq holda qo'llanadi.
Nazariya emas, amaliyot. Har bir dars real natijaga va sizning rivojlanishingizga xizmat qiladi.



80%
AmaliyotDarslarning 80% amaliyotga asoslangan
3×
Haftasiga darsHaftasiga 3 marotaba jonli darslar
120
DaqiqaHar bir dars 120 daqiqa samarali davom etadi
Sizni maqsadingizga olib boradigan aniq tizim
Har bir mavzuni tushunarli va amaliy misollar bilan o'rganamiz.
Mustahkamlash uchun amaliy vazifalar beriladi.
Mentorlar tomonidan kodingiz tahlil qilinib, xatolar ko'rsatiladi.
Amaliy bilimlaringizni loyihalarda sinab ko'rasiz.
Shaxsiy tavsiyalar va yo'l-yo'riqlar orqali rivojlanishingiz tezlashadi.
Python OOP
Python Asoslari
Maʼlumotlar bazasi va Git/GitHub
Django Fundamentals
Django REST Framework
FastAPI – Zamonaviy API Framework
Xavfsizlik hamda Production & Deployment
Advanced Networking, Cyber-Security va Cloud/DevOps
Har bir loyiha sizni real frontend dunyosi uchun tayyorlaydi




Django REST Framework (DRF) yordamida zamonaviy frontend (React/Vue) yoki mobil ilovalar uchun xizmat qiluvchi xavfsiz va tezkor API tizimi ishlab chiqiladi. Loyihada JWT (SimpleJWT) orqali tokenli autentifikatsiya, foydalanuvchi huquqlarini tekshirish (Custom Permissions), ma'lumotlarni sahifalash (Pagination) va filtrlash mexanizmlari quriladi. Tayyor endpointlar Swagger (drf-spectacular) vositasi orqali to'liq hujjatlashtiriladi.
Kursdan keyin bilim va tajribangizni tasdiqlovchi 2 xil sertifikat olasiz: Birinchisi — O‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatganingiz uchun, ikkinchisi — Praktikum sertifikati bo‘lib, jamoa bilan loyihalar ustida ishlaganingizni tasdiqlaydi.
Bu sizning kursni 10 oy davomida muvaffaqiyatli o‘qib tugatganingizni tasdiqlovchi hujjat. Ushbu sertifikat siz egallagan nazariy bilimlar va asosiy ko‘nikmalarni aks ettiradi hamda o‘qishni to‘liq yakunlaganingizni ko‘rsatadi.
Bu sizning 2 oy mobaynida jamoa bilan loyiha ustida ishlaganingizni tasdiqlaydi. Siz turli yo‘nalishdagi dasturchilar bilan birga ishlab, haqiqiy tajriba orttirasiz. Ushbu sertifikat faqat jamoa loyihani 100% yakunlab, uni serverda to‘liq ishlaydigan holatga keltirgandan keyin beriladi. Agar loyiha to‘liq tugallanmasa, sertifikat taqdim etilmaydi. Bu esa sizni real ish muhitiga tayyorlaydi.

.3b3a080b.png&w=3840&q=75)
Darslar 12 nafargacha o‘quvchidan iborat kichik guruhlarda olib boriladi. Bu esa ustozga har bir o‘quvchiga individual e’tibor qaratish imkonini beradi. Natijada, mavzularni chuqurroq tushunish, savollarga tezkor javob olish va samarali o‘rganish muhiti yaratiladi.
.2499a4c9.png&w=3840&q=75)
Darslar to‘liq sizga moslashtirilgan tarzda olib boriladi. Ustoz faqat siz bilan ishlaydi va har bir mavzuni sizning darajangiz hamda o‘rganish tezligingizga qarab tushuntiradi. Bu esa qisqa vaqt ichida maksimal natija olish va dasturlashni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.
.1a60b940.png&w=3840&q=75)
Onlayn o‘qitish sizga istalgan joydan o‘qish imkonini beradi. Darslar jonli tarzda o‘tiladi, yozuvlari saqlab beriladi, savollarni esa bevosita ustozga berishingiz mumkin. Ishlaydiganlar va band grafikda yuruvchilar uchun juda qulay.

O‘rganishni bugundan boshlang — qisqa vaqt ichida o‘zgarishni his qiling. Bugun o‘rganing, amalda qo‘llang va ertaga natijaga erishing.
Maslahat olish uchun ma'lumot qoldiring:
Backend Python yo‘nalishidagi barcha guruhlar uchun o‘quvchilar bir xil tarif asosida ta’lim oladi.
Sohada ko'p yillik tajribaga ega ekspertlardan darslar.
O'zaro bilim almashish uchun faol talabalar hamjamiyati.
Eng so'nggi texnologiyalar asosida tuzilgan o'quv rejasi.
Oylik to'lov
Oylik to'lov
Oylik to'lov
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — menejerlarimiz siz bilan bog‘lanib, barcha savollaringizga batafsil va tushunarli javob beradi.
Yoki o'zingiz bizga murojaat qilishingiz mumkin:
Maslahat olish uchun ma'lumot qoldiring: