Bizga ishongan o'quvchilarimiz
Dunyoda dasturlash tillari judayam ko‘p. Ularning barchasi o‘zining vazifasi va ishlatish yo‘nalishiga qarab turlarga bo‘linadi. Biz sizga qanday qilib bo‘lajak dasturchi noldan ekspert darajasiga chiqa olishi hamda o‘zi mustaqil nimalarni o‘rganishi kerakligi haqida ma’lumot bermoqchimiz. Birinchi bo‘lib qaysi tilni o‘rgangan ma’qul? Dasturlash ilmi haqida bizning saytda batafsil ma’lumot olasiz.
Keling, avval dasturlash tushunchasiga oydinlik kiritib ketaylik. Dasturlash degani - bu dasturlarni yaratish jarayoniga aytiladi. Ya’ni, dasturiy ta’minot ishlab chiqish bu - dasturlash deganidir. Buning uchun dasturchilar ma’lum bir tilda kod yozishadi. Bugunga kelib, 300 dan ortiq kompьyuter dasturlash tillari mavjud. Ammo, muvaffaqqiyatli o‘sish uchun o‘ntachasini yaxshilab o‘zlashtirib olish etarli hisoblanadi. Undan ham oldin qaysi sohada faoliyat yuritishni niyat qilyapsiz, shunga aniqlik kiritib ketsangiz to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, kimdir kompьyuter uchun ya’ni Windows tizimda ishlaydigan dasturni ishlab chiqishni xohlaydi. Kimdir esa, Internet saytlarini yaratishga qiziqadi. Yana boshqalar mobil ilovalarni yaratishga ishtiyoqmand bo‘lishadi. Demak, sizga qaysi biri qiziq bo‘lsa o‘sha yo‘nalishga mos keladigan tillarni tanlasangiz maqsadga muvofiqdir.
Ayni paytda Python dasturlash tili judayam mashhur bo‘lib bormoqda. Bu til qisqa va lo‘nda, shu bilan birga juda sodda qilib yaratilgan sintaksisga ega. Bu tilda dunyoning ko‘plab davlatlarida dasturlar yaratishmoqda.
Bundan tashqari Java va C dasturlash tillari ham ancha mashhur. Bu tillar yangi o‘rganayotganlar uchun ancha qiyin, ammo o‘zlashtirib olinsa misli ko‘rilmagan dasturlar yaratish mumkin. Oliy o‘quv yurtlarida Pascal va S tillaridan darslar berishadi. Sababi, bu tillar fundamental til hisoblanadi.
Bu savolga javobni sizning faoliyat turingizdan kelib chiqib aytish mumkin. Masalan, server bilan ishlash uchun PHP, Java, Ruby tillari mos keladi. Foydalanuvchi tarafidan ishlaydigan tillarga kelsak eng benaziri Java Script. Yuqori hajm va bosimli murakkab vazifalar uchun C++ tili yaxshi hisoblanadi. Aynan shu tilda kompьyuter o‘yinlari ishlab chiqiladi.
Yana bir muhim yo‘nalish - bu mobil ilova yaratishdir. Bu erda Java, Objective-C, Swift kabi dasturlash tillaridan foydalaniladi. Har qanday dasturchi bir nechata tillarni biladi. Ammo, o‘zining ish o‘rnida asosan bitta tilda dastur yozadi. FinTechHub laboratoriyasida siz dasturlash ilmi haqida to‘liq ma’lumotlar olasiz. Qaysi yo‘nalish sizga mos kelishini o‘zingiz his qilib, tanlaysiz.
Murojaat uchun:Telefon: 71-203-88-00