Back-End haqida

Backend dasturlash kursi

12 ta o'quvchi

Toshkentda backend kurslari

San’at yoki teatr sohasida "kadr ortida" yoki "sahna ortida" degan iboralar bor. Bu shunaqa narsaki, odamlar faqatgina sahnada yoki TVda ko‘ringan siymolarnigina tanishadi, xolos. O‘shalarni o‘z suyuklilari qatoriga qo‘shishadi. Aslida, asosiy ishlarni kadr ortidagi yoki sahna ortidagi fidoyi insonlar qilayotgan bo‘ladi. Rejisser, kompozitor, stilist, montajchi va hokazo. Ular haqida ko‘p ham bilaverishmaydi. Sizga aytmoqchi bo‘lgan dasturlash sohasida ham shunaqa ish qiladiganlar bo‘ladi. Ularni backend dasturchilar deb atashadi. Toshkentda backend kurslari degan mavzuda e’tiboringizga FinTechHub laboratoriyasi haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Toshkentda backend kurslari FinTechHub laboratoriyasidan boshlanadi

Dasturchi bo‘lib etishaman, degan yoshlarimiz avvalam bor o‘z yo‘nalishlarini tanlab olishlari kerak bo‘ladi. Ular Frontend va Backend dasturlashdan birini tanlashlari lozim. Bu ikki tushuncha doim bir-biri bilan juft bo‘lib yuradi. Alohida holda mavjud bo‘lmaydi. Lekin, ularning farqi bor. Keling bu farqni tushuntirib berishga harakat qilaylik. Frontend dasturchi sahifalarni dasturlaydi va verstka qiladi. Saytda ko‘zingiz tushgan barchasi: dizayn, tugmalar, varaqlash, sxemalar va hokozalar uning zimmasida bo‘ladi. Frontend dachturchining vazifasi - veb saytni sahifalash va "tiriltirish"dan iborat. barcha qurilmalarda ravon ishlashni ham ta’minlashi kerak. U uchun HTML, CSS va JavaScript tillarni bilishi shart. Backend dasturchi bo‘lsa boshqa ishni qiladi.

Backend nima va u haqida tushuncha

arini oddiy foydalanuvchi ko‘ra olmaydi. Aynan Backend dasturchining xizmatlari evaziga sayt o‘z vazifasini bajarayotgan bo‘ladi. Demak, ko‘rinib turibdiki, bu toifadagi dasturchisiz veb sayt ishlamaydi.
FinTechHub laboratoriyasida siz backend kurslariga yozilishingiz mumkin. Boshida 2 oy, keyin 3 oydan 8 oygacha barcha sir-sinoatlarni o‘zlashtirib olasiz. Sizga Python tilidan saboq berishadi.
Ko‘p eshitgansiz, avvallari PHP degan dasturlash tili ancha mashhur edi. Lekin, undagi kamchiliklar, nuqsonlar va xakerlar hurujiga tez uchrashi tufayli eskirayotgani bois ko‘pchilik Python tilida dasturlashga o‘tmoqda. Bu til juda qulay va eng muhimi xavfsizlik nuqtai nazaridan ekspertlarning ijobiy baholariga sazovor bo‘ldi. Shunday esa, FinTechHub o‘quv markazida aynan shu til haqida etuk ustozlardan dars olishingiz mumkin.
Qaysi ko‘rinishda darsga qatnashingiz o‘zingizga bog‘lik. Onlayn yoki offlayn, buning o‘zingiz hal qilasiz. Birinchi bepul darsga yozilib ko‘ring va saviyani o‘zingiz his eting. Toshkentda backend kurslari deb uzoqlarni izlab yurish shart emas. Metroning "Kosmonavtlar" bekatidan 100 metr masofada joylashgan zamonaviy ofisimizda sizni kutamiz.

Murojaat uchun:
Telefon : +99871 203-88-00Endi Backend dasturchi bo'laman