Front-End haqida

Frontend dasturlash kursi

12 ta o'quvchi

Toshkentda Frontend kurslari

Biz shunday asrda yashayapmizki, undagi o‘zgarishlar kun sayin amalga oshmoqda. Kecha ishlab turgan g‘oyalar, qarashlar yoki uslublar hech qancha vaqt o‘tmasdan eskirmoqda. Zamon yangi trendlarni ommaga chiqarmoqda. Bu hamma sohaga tegishli bo‘lib qoldi. Ayniqsa, axborot kommunikatsion texnologiyalar sohasi dunyoga ko‘p yangilik va ixtirolarni bermoqda. Dasturchilarga bo‘lgan talab ortmoqda. Kompьyuterlar uchun desktop dasturlar, Internetda veb saytlar va mobil ilovalar kuni tartibimizning ajralmas qismiga aylandi. Frontend, Backend, Mobile degan iboralar tobora ko‘p qo‘llanilmoqda. Bugun Toshkentda Frontend kurslari haqida so‘z yuritamiz.

Toshkentda Frontend kurslari FinTechHub laboratoriyasida

Ilm olish borasida bugungi yoshlarga teng kelib bo‘lmaydi. Ular har kuni axborot oqimini qabul qilish bilan birga, IT bilimlarni ham mukammal o‘rganishmoqda. Bu albatta yaxshi, chunki bekorchilik har jihatdan bizning xalqqa to‘g‘ri kelmaydigan narsa. Biror kasb ustasi bo‘lib etishish, ertaga tirikchilik uchun zamin hozirlashi haqiqatlir. Shunday ekan, IT bilimlarni olish bugunning dolzrab vazifasi hisoblanadi. Bugunga kelib, Web-dasturlash bu yo‘nalishning eng rivojlangan qismi bo‘lib ulgurdi. Uni dasturchilar tilida Frontend va Backend deb atashadi. Backend asosan veb saytlarning ichki ko‘rinishi, ya’ni server tarafdan ishlasa Frontend tashqi ko‘rinishga ishlaydi.

Frontend haqida ma'lumot

Keling, bu so‘zning ma’nosini tushuntirib berishga harakat qilaylik. Frontend - bu foydalanuvchi uchun va u ko‘rib turadigan interfeys (ko‘rinish) degani. Ya’ni, veb sayt yoki mobil ilovaning inson ko‘zi ko‘rib turgan qismiga aytiladi. Dizayn, baner, navigatsiya, tugma va havolalarni bosish va hokazo. Foydalanuvchi nima ko‘rib utrgan bo‘lsa o‘sha narsa Frontend deyiladi. U mahsulot yoki xizmat turi haqidagi mantiq bilan bog‘liq bo‘ladi. Mijoz tarafida "labbay" deb, "muloqot" qiladi va server bilan aloqada bo‘lib turadi. Server bilan aloqa qismini Backend-dasturchilar yozishadi.
Frontend dasturchilar ishlatadigan eng asosiy mehnat qurollari - instrumentlar bu HTML, CSS va JavaScript hisoblanadi.
- HTML bu sahifalar tizimi ("strukturasi") va kontent uchun;
- CSS bu tashqi ko‘rinishni (rang, hajm, o‘lcham va hokazo )uslubiy jihatdan to‘g‘irlash uchun;
- JavaScript bu interfaol qo‘shimchalarni qo‘shish uchun.
Huddi shu asbob-uskunalari mobil ilovalarni yaratishda ham ishlatiladi.

FinTechHub laboratoriyasidagi Frontend kursi haqida

Frontend bo‘yicha hozirgi kunimizdagi eng oxirgi texnologiyalar aynan FinTechHub laboratoriyasida o‘qitiladi. Haftasiga 3 kun davomida bu sohadagi ilg‘or ilmlarni o‘zlashtirib olasiz. Kuniga 2 soatdan mashg‘ulotlar olib boriladi. Kursning 4-oyidan boshlab, StartUp guruhimizda yangidan loyihalarni o‘zingiz ishlab chiqishni boshlaysiz. Bu hali hammasi emas. Real loyihalarimzga qo‘shilib ishlaysiz. Bunaqa loyihalar esa bizda juda ko‘p. Marhamat, agar sizga kurslarimiz qiziq bo‘lsa, bizga murojaat qiling. Birinchi bepul darsimizda ishtirok eting, ko‘zingi bilan ko‘ring. Aminmizki, fikringiz o‘zgaradi. Hech narsa yo‘qotmaysiz. Toshkentda Frontend kurslari sizning qo‘lostingizda. Istasangiz onlayn, istasangiz offlayn formatda.
Murojaat uchun:
Telefon : +99871 203-88-00

Endi Frontend dasturchi bo'laman

Verstka bosqichi




JavaScript bosqichi




React Js bosqichi